BYD SONG PRO DM-i
0 so'mdan
BYD SONG PRO DM-i
Rang: Oq

SONG PRO DM-I CHAMPION dizayni
BYD sulolasining dizayn tili asosida bir necha bor yetuklashtirilgan: dinamik va ko‘p qatlamli chiziqlar kuzovning o‘ylangan proporsiyalarni va qat'iylikni shakllantiradi, butun avtomobil bo‘ylab o‘tadigan "ajdarho mo‘ylovi" naqshi va orqa chiroqlar unga yanada yosh va sport mashinasidek ko‘rinish beradi.
Sharq estetikasidan ilhomlangan ko‘k togʻ bagʻri rangi olisdagi ulugʻvor tog‘larni aks ettiradi.
Ranglar avtomobilga tabiiy go‘zallik bag‘ishlaydi va SONG PRO DM-i CHAMPION-ga yo‘ldagi manzara bilan uyg‘unlashish imkonini beradi.


BYD Blade batareyasi
BYD 27 yildan ortiq vaqt davomida akkumulyator ishlab chiqarish sohasida novator bo‘lib kelmoqda. Bizning eng yangi Blade batareyamiz qat’iy sharoitlarda bir qator ekstremal sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu esa uni dunyodagi eng xavfsiz batareyalardan biriga aylantirdi.
Sokin aqlli salon
Yumshoq materialdan tayyorlab o‘rnatilgan o‘rindiqlar sizga o‘zingizni erkin his qilishga imkon beradi. Orqa o‘rindiqning burchagi 98-118 daraja oralig‘ida sozlanishi bosh, yelka va belingizga qulaylikni baxsh etadi va besh yulduzli sayohat zavqini ta'minlaydi.


Ajoyib katta besh o‘rindiqli interyer
Avtomobil juda ham keng ko‘rinadi va eng yaxshi besh o‘rindiqli oilaviy yo‘ltanlamas avtomobili unvoniga loyiqdir. 40:60 to‘liq taxlanadigan orqa o‘rindiqlar yukxona bilan bir tekisda joylashgan. Moslashuvchan boshqaruv turli ehtiyojlarni qondiradi.
