BYD SEALION 7
451 100 000 so'mdan
BYD SEALION 7
Rang: Oq

Okean qudrati. Vaqtdan o‘zib ketgan dizayn.
SEALION 7 — bu shunchaki elektromobil emas. Bu sizning uslubingiz va hayot ritmingizni aks ettiruvchi yorqin obraz. BYD kompaniyasining bosh dizayneri Volfgang Egger rahbarligida yaratilgan ushbu elektr krossover — dengiz taassurotlari va ilg‘or texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan mukammal asar. SEALION 7 — har kunni to‘laqonli yashashga odatlanganlar uchun!
Suv tomchilari shaklidagi orqa chiroqlar
SEALION 7 ning futuristik orqa chiroqlari nafis nur diodli lentalar va tomchiga o‘xshash yorqin aksentlar bilan uyg‘unlashib, harakat va energiya tuyg‘usini yaratadi. Ushbu noyob dizayn elektr krossoverga zamonaviy va yodda qoladigan ko‘rinish berib, uchib ketayotgan tomchilar hissini bag‘ishlaydi — u shaharning oqimida darrov ko‘zga tashlanadi.


Aqlli yukxona eshigi — maksimal qulaylik, minimal harakat
SEALION 7 yukxonasining teginishsiz ochilish funksiyasi oyog‘ingizning oddiy harakatidan ishga tushadi. Qo‘llaringiz sumkalar, sport anjomlari yoki chemodanlar bilan band bo‘lganda bu juda qulay. Oyoqning bitta harakati bilan sizning yukingiz mashinaning ichida yoki qo‘lingizda bo‘ladi. Qisib qolishdan himoya qiluvchi aqlli tizimi va ochilish balandligini individual sozlash imkoniyati — har bir safarni yanada oson, xavfsiz va rohatli qiladi.

Quvvatlash: tez va qulay
SEALION 7 avtomobilida yuqori tezlikda 150 kVt gacha DC-quvvatlash tizimi mavjud bo‘lib, u akkumulyatorni 30 foizdan 80 foizgacha atigi 30 daqiqada to‘ldirish imkonini beradi. Shahar ritmida yashovchilar uchun mukammal yechim: mashina quvvatlanayotganda bir piyola qahva ustida dam oling yoki do‘konga tezda kirib chiqing — va yo‘lingizni davom ettiring. Quvvatlashga kamroq vaqt — hayot uchun ko‘proq imkoniyat!
His qilinadigan kuch
SEALION 7 elektr dvigateli bir daqiqada 23 000 aylanishgacha tezlashadi – bu hatto sportkarlar uchun ham hayratlanarli ko‘rsatkich. To‘liq uzatmali versiyasi 0 dan 100 km/soatgacha bor-yo‘g‘i 4,5 soniyada chiqadi va 215 km/soat maksimal tezlikka erishadi. SEALION 7 – bu shunchaki mashina emas. Bu kuch, aniqlik va tezkorlik uyg‘unligi. Bu krossover – oddiy safar uchun emas, har bir kilometrda zavq olishni biladiganlar uchun yaratilgan.


Bolalaringizni yonida bo‘lmaganingizda ularni qo‘riqlovchi ishonchli himoya
BYD SEALION 7 avtomobili eng kichik yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlovchi texnologiya deb ta’riflangan bola borligini aniqlash tizimi (CPD) bilan jihozlangan. Tizim avtomatik tarzda orqa qatorda bola bor-yo‘qligini kuzatib boradi va agar kichkintoy yolg‘iz qolsa — haydovchini zudlik bilan ogohlantiradi. Bu ota-onalar uchun g‘amxo‘rlik va xotirjamlikning qo‘shimcha darajasi.
Hissiyotlarning yangi darajasi. Qulaylikning yangi standarti.
Poygalar paytida yelkanli qayiqning harakati, tezligi va nafisligi bizni SEALION 7 salonining dizaynini yaratishga ilhomlantirdi, uning ichki bezaklari harakat, yengillik va kenglik hissini baxsh etadi. Har bir elementi go‘yoki havoda suzayotgandek, bir butun uyg‘un muhitni hosil qiladi — xuddi siz to‘lqinlar ustida sirg‘alayotgandek.


Qalb torini chertadigan tovush
Har bir safaringiz chinakam audio tomoshaga aylanadi: 12 ta Dynaudio karnaylaridan iborat tizim tiniq va chuqur ovozni taqdim etadi. Bu oddiygina musiqa tinglash emas — bu musiqaning ichiga sho‘ng‘ish, har bir ohang bilan birlashib ketishdir.
Ichkaridagi sokinlik – yo‘ldagi uyg‘unlik
SEALION 7 ning saloni benihoya e’tibor va baland mahorat bilan yaratilgan: dam olish, fikr surish va yo‘ldan zavqlanish uchun ortiqcha shovqin, tebranish va tashqaridan keladigan har qanday bezovtaliklar minimallashtirilgan. Bu elektrokrossoverda siz faqat eng muhim ovozlarni eshitasiz — o‘zingizni, yaqinlaringizni va sevimli musiqangizni.

Konfiguratsiya variantlari
SEALION 7 Flagship 567km
- 451 100 000 so'm
- 567 km
- Quvvat zaxirasi
- RWD
- Drayv
- 6,7
- 0-100 km/soat tezlashuv
- Maks. dvigatel quvvati (kVt): 230
- Maks. dvigatel momenti (N·m): 380
- Birlashtirilgan elektr masofasi (Km): 567
- Batareya quvvati (kVt/soat): 82,5
- Batareya turi: BYD Blade Battery (LFP)
- Maksimal tezligi (km/soat): 215
SEALION 7 Flagship 542km AWD
- 503 000 000 so'm
- 542 km
- Quvvat zaxirasi
- AWD
- Drayv
- 4,5
- 0-100 km/soat tezlashuv
- Maks. dvigatel quvvati (kVt): 390
- Maks. dvigatel momenti (N·m): 690
- Birlashtirilgan elektr masofasi (Km): 542
- Batareya quvvati (kVt/soat): 82,5
- Batareya turi: BYD Blade Battery (LFP)
- Maksimal tezligi (km/soat): 215
