- Главная
- BYD Blade batrareyasi
BYD Blade batrareyasi
BYD 27 yildan ortiq vaqt davomida akkumulyator ishlab chiqarish sohasida novator bo‘lib kelmoqda. Bizning eng yangi Blade batareyamiz qat’iy sharoitlarda bir qator ekstremal sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu esa uni dunyodagi eng xavfsiz batareyalardan biriga aylantirdi.
Oshirilgan xavfsizlik
Xom ashyo, litiy temir fosfati, quyidagi foydali xususiyatlarga ega: issiqlikni sekin hosil bo‘lishi, issiqlik qaytarishi pastligi va kislorod ishlab chiqarilmasligi. Tekis to‘rtburchakning noyob shakli sovutish va oldindan isitish samaradorligini ham oshiradi. Blade Battery batareyasi olov yoki tutun chiqarmasdan mix teshish sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Harakatlanishning kattalashtirilgan radiusi
An'anaviy akkumulayator bloklariga qaraganda, Blade batareyasi egallagan maydon 50% dan ko'proqqa kattalashtirilgan, bu esa yuqori energiya zichligi va harakatlanishning katta uzoqlikdagi masofasini ta’minlaydi.
Mix kirishiga sinovdan o’tkazish
Mixning kirishiga sinovdan o’tkazish batareyalarning issiqlikdan zaryadsizlanishini tekshirishning eng qat’iy usullaridan biri hisoblanadi. Maqsad - batareyada ichki qisqa tutashuvni imitatsiya qilishdir. Bu, odatda, jiddiy yo'l-transport hodisasi paytida batareyaga tashqi o'tkir metall buyumlar kirishi natijasida yuzaga keladi. Blade batareyasi tutun yoki olov chiqarmasdan mixning kirishiga sinovdan o'tgan. Sirt harorati faqatgina 30-60°C ga yetgan xolos.
Uzaytirilgan xizmat qilish muddati
Blade Battery batareyasi uzoq xizmat qilish muddatiga ega - 5000 dan ortiq zaryadlash va zaryadsizlantirish sikllari.
Optimallashtirilgan mustahkamlik
Bitta qadoqdagi massiv ko’rinishida joylashtirilgan har bir katak (yacheyka) kuchli ta’sirga qarshi bardosh berishga yordam beradigan tuzilmaviy to’sin bo'lib xizmat qiladi. Blokning yuqori va pastki qismida yuqori darajada mustahkam panellarga ega bo'lgan ari uyasiga o'xshash alyuminiydan tayyorlangan tuzilmasi vertikal yo’nalishda qattiqlikni sezilarli darajada oshiradi. Aynan shu inqilobiy dizayn Blade batareyasini optimal mustahkamlik bilan ta’minlaydi.
Standart butlovda yuqori samarali issiqlik nasosi tizimi
Ilg'or energiya tejovchi issiqlik nasosi tizimi standart butlovga kiritilgan. Keng harorat oralig'ida ishonchli bo'lgan tizim atrof-muhit, transmissiya, yo'lovchilar saloni va hatto batareyalarning qoldiq issiqligidan samarali foydalanish uchun mo'ljallangan. Bu issiqlik samaradorligini oshiradi va isitish yoki sovutish paytida energiya yo'qotishlarini kamaytiradi.